Talabalarda ijtimoiy-axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda volontyorlik faoliyatining ahamiyati
Annotatsiya
Mazkur maqola oliy ta’lim muassasalarida volontyorlik faoliyatining talabalar ijtimoiyaxloqiy rivojlanishidagi tarbiyaviy salohiyatini nazariy-metodologik tahlili asosida yoritadi. Mavzuning dolzarbligi - O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy mas’uliyatli, fuqarolik pozitsiyasiga ega va axloqiy barkamol shaxs sifatida shakllantirish zarurati bilan asoslanadi. Tadqiqotda pedagogik va psixologik adabiyotlar tizimli tahlil qilinib, volontyorlik faoliyatining tarbiyaviy imkoniyatlari empatiya, ijtimoiy mas’uliyat, fuqarolar faolligi hamda axloqiy xulq-atvorni rivojlantirish nuqtai nazaridan asoslab berildi. Natijada volontyorlik faoliyatini oliy ta’lim muassasalarining tarbiyaviy jarayoniga integratsiya qilishga doir konseptual yondashuv va metodik yo‘nalishlar tizimi taklif etildi. Maqolada ilgari surilgan yondashuv, oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
Hali tarjima qilinmagan