XALQARO BAHOLASH DASTURLAR ASOSIDA O'QITISHNI TASHKIL ETISH FANI
Annotatsiya
Mazkur darslik 60101400 - Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Xalqaro baholash dasturlari asosida o‘qitishni tashkil etish” fanini o‘qitishda foydalanish uchun yaratilgan bo‘lib, unda xalqaro baholash dasturlarining mazmuni, metodologiyasi, O‘zbekiston ta’lim tizimida amaliy joriy etilishi va ularning o‘quvchilarda funksional savodxonlikni rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Darslik PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS, EGRA\EGMA kabi xalqaro tadqiqotlarning maqsad va vazifalari, baholash tamoyillari, metodik imkoniyatlari, shuningdek, natijalar tahlili va ularning ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo‘icha tavsiyalar keltirilgan. Mazkur darslikdan oliy ta’lim muassasalarining 60110400 - Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy izlanuvchilar, o‘qituvchilar, metodistlar hamda umumta’lim maktablari pedagoglari foydalanishlari mumkin. Darslik, shuningdek, xalqaro baholash naatijalaridan samarali foydalanish va ta’lim sifatini oshirishni maqsad qilgan mutaxassislar uchun ham qo‘llanma vazifasini bajardi.
Hali tarjima qilinmagan