BO'LAJAK BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QITUVCHILARINI KASBIY-PEDAGOGIK TAYYORLASHNING NAZARIY ASOSLARI: ADABIYOTLARNING QISQACHA TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini kasbiy-pedagogik tayyorlashning nazariy asoslari milliy va xalqaro ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda kasbiy tayyorgarlikning nazariy-konseptual, kompetensiyaviy, raqamli, metodologik hamda xalqaro tajriba asosidagi yondashuvlari qiyosiy o'rganilgan. Mahalliy va xorijiy olimlarning qarashlari asosida pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiya, refleksiya, raqamli savodxonlik va pedagogik hamkorlikning o'qituvchi tayyorlashdagi o'rni yoritilgan. Shuningdek, Germaniya va Singapur tajribasi misolida o'qituvchilarni tayyorlashning samarali modellari tahlil qilinib, ularni O'zbekiston sharoitiga moslashtirish zarurati asoslangan. Natijada bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashda nazariya va amaliyot uyg'unligi, raqamli kompetensiyalar hamda maktab-universitet hamkorligini kuchaytirish muhim omil ekanligi aniqlangan.
Hali tarjima qilinmagan