Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

PEDAGOGLARNING DIDAKTIK KOMPETENTLIGINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR BILAN BOYITISHDA INTEGRATIV YONDASHUV: NAZARIY-METODOLOGIK TAHLIL

Худайкулова Фазилат БориевнаChirchiq davlat pedagogika universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada pedagoglarning didaktik kompetentligini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishga qaratilgan integrativ yondashuv nazariy-metodologik jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqotda texnologik-pedagogik mazmuniy bilimlar modeli (TPACK), pedagoglarning raqamli vositalarni bilishi va ularni dars jarayonida samarali qo‘llashi, o‘quv jarayonini boshqarish (DigCompEdu tizimi) hamda kompetentlik yondashuvi o‘zaro uyg‘unlashgan holda tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik faoliyatning asosiy didaktik komponentlari (maqsadni belgilash, o‘quv mazmunini tanlash, ta’lim metodlarini loyihalash hamda ta’lim natijalarini baholash)ning raqamli muhit sharoitida qanday transformatsiyalanishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot doirasida nazariy tahlil va qiyosiy-tipologik metodlardan foydalanilib, pedagoglarning didaktik kompetentligini integrativ rivojlantirish modeli taklif etiladi. Mazkur model to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, har bir bosqich aniq ko‘rsatkichlar, mezonlar hamda mos raqamli vositalar bilan tavsiflanadi. Maqola O‘zbekiston ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayoniga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablari hamda zamonaviy pedagogik konsepsiyalar asosida ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba