Pedagoglarni tayyorlashda sun iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-pedagogik va didaktik shart-sharoitlari
Annotatsiya
Ushbu tezisda pedagoglarni kasbiy tayyorlash jarayonida sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Mavzuga oid xalqaro ilmiy adabiyotlar asosida sun'iy intellektning pedagogik ta'limdagi o'rni, pedagoglarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirishdagi imkoniyatlari hamda mavjud muammolar oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari sun'iy intellekt pedagogik ta'limni shaxsiylashtirish, o'qitish samaradorligini oshirish va pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilishini ko'rsatadi. Shu bilan birga, sun'iy intellektni ta'lim jarayoniga integratsiya qilishda axloqiy masalalar, ma'lumotlar xavfsizligi va pedagoglarning sun'iy intellekt savodxonligini rivojlantirish zarurati dolzarb omillar sifatida qayd etilgan.
Hali tarjima qilinmagan