Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SELLYULOZA NANOKRISTALLARI VA FUNKSIONAL AKRIL MONOMERLARI OʻRTASIDAGI KIMYOVIY REAKSIYANI TADQIQ ETISH HAMDA ULARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI OʻRGANISH

Alisher Qurbonmurodo'g'li TursunboyevAbduraxim Abdurasulovich OchilovBuxoro davlat texnika universitetiRafiq Amonovich MaxmudovBuxoro davlat texnika universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda sellyuloza nanokristallari (SNK) va funksional akril monomer — 2-karboksietil akrilat (2KEA) o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya o‘rganilib, hosil bo‘lgan mahsulotning morfologik, strukturaviy va termik xususiyatlari kompleks tadqiq qilindi. Reaksiya kaliy persulfat (KPS) inisiatori ishtirokida 60–70 °C haroratda amalga oshirildi. Olingan mahsulotning xossalari skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM), infraqizil spektroskopiya (IQ), termogravimetrik (TGA) va differensial termogravimetrik (DTG) tahlil usullari yordamida baholandi. SEM natijalari reaksiya natijasida sellyuloza nanokristallarining dastlabki tayoqchasimon morfologiyasi o‘zgarib, zarrachalar agregatsiyasi va zichroq tuzilma hosil bo‘lganini ko‘rsatdi. IQ tahlilida 1732, 1545, 2922 va 2853 sm⁻¹ sohalaridagi xarakterli yutilish cho‘qqilari 2KEA fragmentlarining sellyuloza nanokristallari bilan o‘zaro ta’sirlashganini tasdiqladi. DTG natijalariga ko‘ra, maksimal termik parchalanish harorati 360 °C dan 385 °C gacha oshgan, TGA natijalarida esa 600 °C dagi qoldiq massa 11,8 % dan 21,2 % gacha ortgan. Olingan natijalar 2KEA bilan funksionallashtirish natijasida sellyuloza nanokristallarining termik barqarorligi va fizik-kimyoviy xususiyatlari yaxshilanganini ko‘rsatadi. Sintez qilingan material yuqori samarali adgezion kompozitsiyalar va funksional nanomateriallar yaratish uchun istiqbolli asos sifatida baholandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar