OʻZBEK TARIXIY LISONIY MANZARASIDA “OILA” KONSEPTI VA UNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oʻzbek tilining tarixiy taraqqiyoti davomida “oila” tushunchasining lisoniy ifodalanishi yaxlit lingvokulturologik konsept sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot ikkita birlamchi tarixiy manbaga, yaʼni qadimgi turkiy toshbitiglardagi qarindoshlik leksikasining chastota jadvaliga va Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asaridagi qarindoshlik terminlari roʻyxatiga tayanadi. Bu esa “oila” konseptining diaxronik yadrosini VIII–XI asrlar kesimida bevosita yozma manbalar asosida tiklash imkonini beradi. Hozirgacha oʻzbek tilshunosligida qavm-qarindoshlik terminologiyasi (ota, ona, aka, qayin, quda kabi alohida leksemalar) yetarlicha keng oʻrganilgan boʻlsa-da, “oila” soʻzining oʻzi va u ifodalaydigan yaxlit tushuncha mustaqil tadqiqot predmeti sifatida deyarli chetda qolgan. Maqolada birinchi marta “oila” konsepti zamonaviy lingvokulturologiyaning uch komponentli modeli — tushunchaviy, obrazli va qadriyat qatlamlari asosida tahlil qilinadi. Soʻzning etimologik tarixi qadimgi turkiy davrdan hozirgi kungacha kuzatiladi va konseptning zamonaviy transformatsiyasi sotsiolingvistik dalillar bilan asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan