Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

"YASHIL" SANOAT SIYOSATINI BAHOLASHNING XUSUSIYATLARI

Madinabonu Fozil qizi IsmatulloyevaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada O'zbekistonda "yashil" sanoat siyosatini shakllantirish va uning samaradorligini kompleks baholashning nazariy, metodologik hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda global iqlim o'zgarishi, resurslar taqchilligi, energiya va materiallar sig'imining yuqoriligi, issiqxona gazlari emissiyasining ortishi sharoitida sanoatni ekologik, texnologik va iqtisodiy transformatsiya qilish zarurati asoslab berilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida "yashil" sanoat siyosatining iqtisodiy tarkibiy o'zgarishlarni jadallashtirish, resurs va energiya samaradorligini oshirish, past uglerodli texnologiyalarni rivojlantirish, "yashil" innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash hamda milliy sanoatning uzoq muddatli raqobatbardoshligini ta'minlashga qaratilgan davlat chora-tadbirlari tizimi ekanligi umumlashtirilgan. Maqolada "yashil" sanoat siyosatini baholashning mantiqiy model, OECD mezonlari, xarajat-samaradorlik tahlili, ko'p mezonli baholash, kontrfaktual baholash, benchmarking, portfel tahlili hamda siyosat hujjatlarini matnli tahlil qilish kabi zamonaviy usullari tizimlashtirilgan. Shuningdek, iqtisodiy, ekologik, innovatsion, ijtimoiy, institutsional va moliyaviy yo'nalishlarni qamrab oluvchi indikatorlar tizimi taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba