Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Fazoviy topshiriqlar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining fazoviy tafakkurini rivojlantirish

Muhabbatxon MamasaidovaFerghana State University
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fazoviy tafakkurini rivojlantirishda maxsus tashkil etilgan fazoviy topshiriqlarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Fazoviy tafakkur predmetlarning shakli, o‘lchami, joylashuvi, yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi munosabatlarni anglash, tasavvur qilish hamda aqliy jihatdan o‘zgartirish bilan bog‘liq kognitiv jarayon sifatida yoritilgan. Tadqiqotda geometrik modellashtirish, tangram, pazl, konstruktor, labirint, grafik diktant, predmetlarning turli nuqtayi nazardan ko‘rinishini aniqlash va yetishmayotgan qismlarni tiklashga doir topshiriqlarning didaktik imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Fazoviy topshiriqlarni oddiydan murakkabga, konkret predmetlardan grafik tasvirlarga, real harakatlardan aqliy operatsiyalarga bosqichma-bosqich o‘tkazish tamoyili asosida tashkil etish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayonida fazoviy topshiriqlardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning fazoviy idrok, fazoviy tasavvur, vizual-obrazli tafakkur va fazoviy rotatsiya bilan bog‘liq faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini berishini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba