MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA SELLYULOZA NANOKRISTALLARI SINTEZI VA ULAR ASOSIDA YUQORI SAMARALI ADGEZION KOMPOZITSIYALAR YARATISH ISTIQBOLLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada mahalliy paxta linti asosida sellyuloza nanokristallarini (SNK) kislotali gidroliz usuli yordamida sintez qilish texnologiyasi va ularning fizik-kimyoviy xossalari o‘rganilgan. Ishqoriy ishlov berish, oqartirish va sulfat kislotasi yordamida gidroliz jarayonlarining maqbul parametrlari aniqlangan. SEM tahlili sintez qilingan SNKlarning sirt morfologiyasi va agregatlangan kristall tuzilishini aniqlash imkonini berdi. IQ-spektroskopiya natijalarida sellyulozaga xos 3336, 2897, 1643, 1163, 1051 va 897 sm⁻¹ dagi yutilish cho‘qqilari qayd etilib, sellyulozaning asosiy molekulyar tuzilishi saqlanib qolganligi tasdiqlandi. TGA natijalariga ko‘ra, asosiy termik parchalanish 220–380°C oralig‘ida sodir bo‘lib, maksimal parchalanish harorati 326°C, massa yo‘qotilishi 70 % va yakuniy qoldiq miqdori 8 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar sintez qilingan SNKlarning yuqori kristallik va termik barqarorlikka ega ekanligini hamda ularni funksional moddalar bilan modifikatsiyalash orqali yuqori mexanik, termik va adgezion xossalarga ega kompozitsion materiallar yaratishda istiqbolli nanoto‘ldirgich sifatida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan