Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XUSUSIY TIBBIY XIZMATLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLANILADIGAN IQTISODIY VOSITALAR

Toʻxtayev Umidjon Shuhrat oʻgʻliBuxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada xususiy tibbiy xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishda davlat tomonidan qoʻllaniladigan iqtisodiy vositalarning mazmuni, tasnifi va amal qilish mexanizmi tadqiq etilgan. Davlatning xususiy tibbiyot bozoriga ta'siri toʻgʻridan-toʻgʻri ma'muriy aralashuv emas, balki investitsiya xarajatlarini pasaytirish, moliyaviy resurslarga kirishni kengaytirish, talabni sugʻurta va davlat xaridi orqali qoʻllab-quvvatlash, texnologik modernizatsiyani ragʻbatlantirish hamda sifatli raqobat muhitini shakllantirish nuqtayi nazaridan baholangan. Oʻzbekistonda 2017–2026-yillarda xususiy tibbiyotni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻllanilgan soliq-bojxona imtiyozlari, imtiyozli kreditlash, davlat mulki obyektlaridan foydalanish, investitsion qoʻllab-quvvatlash, davlat tibbiy sugʻurtasi va davlat-xususiy sheriklik vositalari tizimlashtirilgan. Davlat iqtisodiy vositalarini "taklifni ragʻbatlantirish – investitsiya xarajatini kamaytirish – talabni moliyalashtirish – sifatni ragʻbatlantirish – raqobat muhitini barqarorlashtirish" zanjirida qoʻllash boʻyicha mualliflik yondashuvi taklif etilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba