Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA HISOB SIYOSATINI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Azamat OstonokulovTashkent State University of Economics
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

DAVLAT TIBBIYOT TASHKILOTLARIDA HISOB SIYOSATINI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Ostonokulov Azamat Abdukarimovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, kafedra professori, [email protected], ORCID: 0000-0003-2792-3174 Annotatsiya. Maqolada davlat tibbiyot tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirish muammolari respublika ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazining 2019-2025-yillardagi moliyaviy hisobotlari hamda yana uch tibbiyot muassasasining balans ma’lumotlari asosida tadqiq etiladi. To‘rt muassasaning 307 hujjatdan iborat hisobot arxivida hisob siyosati to‘g‘risida birorta bayonot uchramagani sababli hisob siyosati uning hisobotdagi izidan tiklandi: olti element - amortizatsiya, qayta baholash, begaraz olingan aktivlarni baholash, daromadni tan olish, zaxiralar va kam qiymatli buyumlar - bo‘yicha iz ko‘rsatkichlari hisoblanib, standart doirasidagi muqobil tanlovlarning boshqaruv signaliga ta’siri ssenariy usulida baholandi. 2020-2023-yillarda asosiy vositalar qiymati o‘sishining faqat 27,5 foizi sotib olish hisobiga, 43,8 foizi qayta baholash va 33,3 foizi begaraz olish hisobiga shakllangan. Hisoblangan eskirish sur’ati 9,5-18,4 foiz oralig‘ida tebranadi; amortizatsiya me’yorini 10, 13,1 yoki 16 foiz deb tanlash 2025-yildagi eskirish darajasini 47,9, 57,8 yoki 67,0 foizga, ya’ni aktivlarni yangilash signalini me’yordan xavfli zonagacha o‘zgartiradi. Budjet daromadining kassa asosida, xarajatning esa hisoblash asosida tan olinishi 2019-2020-yillardagi foydani zarar sifatida ko‘rsatgan. Boshlang‘ich qoldiqning izohsiz qayta hisoblanishi bitta muassasada eskirish darajasini 69,6 foizdan 13,3 foizga tushirgan. Hisob siyosatining olti bo‘limdan iborat minimal tarkibi taklif etiladi. Kalit so‘zlar: hisob siyosati; davlat tibbiyot tashkiloti; amortizatsiya; qayta baholash; daromadni tan olish; moliyaviy hisobot; boshqaruv qarori; budjet hisobi standarti АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФОРМИРОВАНИЯ УЧЕТНОЙ ПОЛИТИКИ В ГОСУДАРСТВЕННЫХ МЕДИЦИНСКИХ ОРГАНИЗАЦИЯХ Аннотация. В статье исследуются проблемы формирования учетной политики в государственных медицинских организациях на основе финансовой отчетности Республиканского специализированного реабилитационного центра за 2019–2025 годы, а также балансовых данных еще трех медицинских учреждений. Поскольку в отчетном архиве четырех учреждений, включающем 307 документов, не обнаружено ни одного положения об учетной политике, она была реконструирована по ее отражению в отчетности. Рассчитаны показатели, характеризующие влияние шести элементов учетной политики — амортизации, переоценки, оценки безвозмездно полученных активов, признания доходов, резервов и малоценных предметов, — а также с использованием сценарного метода оценено влияние альтернативных вариантов выбора в рамках стандартов на управленческие сигналы. В 2020–2023 годах лишь 27,5% прироста стоимости основных средств было обусловлено приобретением, тогда как 43,8% приходилось на переоценку и 33,3% — на безвозмездное получение. Рассчитанный уровень износа колеблется в пределах 9,5–18,4%. Выбор нормы амортизации на уровне 10, 13,1 или 16% изменяет показатель износа за 2025 год до 47,9, 57,8 или 67,0% соответственно, трансформируя сигнал о необходимости обновления активов от нормативной до критической зоны риска. Признание бюджетных доходов по кассовому методу, а расходов — по методу начисления привело к отражению прибыли за 2019–2020 годы как убытка. Необъясненный пересчет начального сальдо в одном из учреждений снизил показатель износа с 69,6 до 13,3%. Предлагается минимальная структура учетной политики, состоящая из шести разделов. Ключевые слова: учетная политика; государственная медицинская организация; амортизация; переоценка; признание доходов; финансовая отчетность; управленческое решение; стандарт бюджетного учета. CURRENT ISSUES IN DEVELOPING ACCOUNTING POLICIES IN PUBLIC MEDICAL INSTITUTIONS Abstract. This article examines the challenges of formulating accounting policies in public medical organizations based on the financial statements of the Republican Specialized Rehabilitation Center for 2019–2025 and balance sheet data from three other medical institutions. Since no statements on accounting policies were found in the reporting archives of the four institutions, comprising 307 documents, their accounting policies were reconstructed based on their reflection in financial statements. Indicators were calculated to assess the impact of six accounting policy elements—depreciation, revaluation, valuation of gratuitously acquired assets, revenue recognition, reserves, and low-value items. The influence of alternative choices within the applicable standards on management signals was assessed using a scenario-based approach. In 2020–2023, only 27.5% of the increase in the value of fixed assets resulted from acquisitions, while 43.8% was attributable to revaluation and 33.3% to gratuitous acquisitions. The calculated depreciation rate fluctuated between 9.5% and 18.4%. Selecting a depreciation rate of 10%, 13.1%, or 16% changes the 2025 depreciation ratio to 47.9%, 57.8%, or 67.0%, respectively, shifting the asset renewal signal from a normative level to a critical risk zone. Recognizing budget revenues on a cash basis while recognizing expenses on an accrual basis resulted in profits for 2019–2020 being reported as losses. An unexplained adjustment to the opening balance at one institution reduced the depreciation ratio from 69.6% to 13.3%. The article proposes a minimum accounting policy structure consisting of six sections. Keywords: accounting policy; public medical organization; depreciation; revaluation; revenue recognition; financial reporting; management decision; budget accounting standard.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba