Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Issiqlik izolyasiyalovchi gazobetonning texnologik xususiyatlarini tahlili

B. KadirovKimyo International University in TashkentS. ShaumarovKimyo International University in TashkentS. KandahorovToshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Maqolada gazobeton ishlab chiqarish texnologiyasining tarixiy rivoji, zamonaviy usullar va O‘zbekiston olimlarining ushbu sohadagi hissasi qisqacha yoritilgan bo’lib shu bilan birgalikda avtoklavli gazobetonning issiqlik izolyatsion xususiyatlari uning tarkibi, poroz tuzilishi va zichligi bilan bog‘liqligi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda turli tarkibli gazobeton namunalari (standart, shlak va qumli chiqindilar qo‘shilgan variantlar) solishtirilgan, ularning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti (λ), zichligi (ρ) va mustahkamligi analiz qilingan. Natijalarga ko‘ra, sanoat chiqindilarini qo‘shish orqali gazobetonning issiqlik izolyatsion qobiliyati 12–15% yaxshilanganligi, ayniqsa shlak va qumli chiqindilarning kombinatsiyasi optimal ko‘rsatkichlar bergan yoritilgan. Bundan tashqari, gazobetonning λ qiymati uning zichligiga chiziqli bog‘liq ekanligi matematik model (λ = f(ρ)) orqali o‘z ifodasini topgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba