Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqarilgan avtoklavsiz gazobetonning fazaviy-strukturaviy xususiyatlari va issiqlik texnik ko‘rsatkichlarini baholash

B. KadirovToshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekistonS. ShaumarovToshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekistonS. KandahorovToshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada sanoat chiqindilaridan, jumladan kvarts qumi va po‘lat eritish shlakidan foydalanilgan avtoklavsiz gazobeton namunalarining fazaviy-strukturaviy xususiyatlari va issiqlik texnik ko‘rsatkichlari tadqiq qilingan. Gazobeton tarkibidagi g‘ovaklarning o‘lchami, shakli va taqsimoti elektron mikroskopiya va rentgenofazaviy analiz usullari yordamida baholangan. Olib borilgan tajriba natijalariga ko‘ra, sanoat chiqindilari bilan boyitilgan gazobeton namunalarida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,138–0,147 W/(m·°C) oraliqda aniqlangan. Tadqiqot natijalari g‘ovaklarning optimal o‘lchami va taqsimoti materialning issiqlik izolyatsion va mexanik xossalarini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Gazobetonning mikrostrukturasi va mineral faza tarkibining tahlili uning energiya samaradorligi va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatlarini belgilab berdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba