YASHIL BUXGALTERIYA HISOBI OBYEKTLARINI SHAKLLANTIRISH VA ULARNING MOLIYAVIY HISOBOT BILAN INTEGRATSIYASI: OKMK AJ MISOLIDA
Annotatsiya
Barqaror rivojlanish sharoitida yashil buxgalteriya hisobi obyektlarini shakllantirish va ularning moliyaviy hisobot tizimi bilan integratsiyalashuvi masalalari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida OKMK AJ misolida ekologik xarajatlar, ekologik aktivlar, rekultivatsiya majburiyatlari, atmosfera havosini muhofaza qilish, suv resurslari va chiqindilarni boshqarish hamda energiya samaradorligini oshirish bilan bog'liq xarajatlarning ESG, MHXS va BHMS asosidagi hisobotlarda aks ettirilish holati o'rganilgan. Shuningdek, ekologik hisob obyektlarining turli hisobot tizimlari bilan integratsiyalashuv darajasini baholash maqsadida integratsiya indeksidan foydalanilgan hamda mavjud tizimni takomillashtirish imkoniyatlari aniqlangan. Tadqiqotda yashil buxgalteriya hisobi obyektlarini alohida analitik hisobda shakllantirish, ESG va moliyaviy hisobot ma'lumotlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni mustahkamlash hamda ekologik axborotlarning shaffofligi va taqqoslanuvchanligini oshirish yo'nalishlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.