Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Gipertenonik krizisning 45-59, 60-74 va 75-89 yoshli aholi orasida tarqalish chastotasi va uning 1989-2020-illardagi dinamikasi

Dilmurod QalandarovDotsent, Ichki kasalliklar, kardiologiya va shoshilinch tibbiy yordam kafedrasi, Andijon davlat tibbiyot institutiNe’matjon MamasaliyevTibbiyot fanlari doktori, professor, Ichki kasalliklar, kardiologiya va shoshilinch tibbiy yordam kafedrasi mudiri, Andijon davlat tibbiyot institutiN. R. AripovaIchki kasalliklar kafedrasi, Qo‘qon universiteti Andijon filialiBurhonjon UsmonovDotsent, Ichki kasalliklar, kardiologiya va shoshilinch tibbiy yordam kafedrasi, Andijon davlat tibbiyot instituti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Arterial gipertenziya, gipertoniya kasalligi, gipertoniya holati, gipertonik krizis va ular bilan bog‘liq gipertonik kontinium kabilar sog‘liqni saqlash tizimini muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy muammolaridan biri bo‘lib, “…dunyo bo‘ylab aholining barcha guruhlari ushbu pandemiya bilan xastalanmoqda…” . Gipertenziya oldi holati/arterial gipertoniya va yurak-qon tomir tizimining remodellanishi orasida bevosita yoki bilvosita (ularning xatar omillari orqali) o‘zaro bog‘liqlik klinik va eksperimental tadqiqotlarda isbotlangan. O‘zbekistonda aholiga sifatli kardiologik tibbiy xizmat ko‘rsatish tubdan yaxshilandi, yurak-qon tomir kasalliklarni va chunonchi, gipertenziya oldi holatini samarali davolashning zamonaviy usullari tatbiq etilmoqda. Ammo sog‘liqni saqlashda amalga oshirilgan aniq chora-tadbirlarga qaramasdan bugungi kunda profilaktik kardiologiya/gipertenziologiya sohasida o‘z yechimini hududlar qo‘lamida kutayotgan dolzarb va muammoli masalalar bor. Xalqaro miqyosda arterial gipertoniyaning kelib chiqishi va epidemiolgiyasini, mintaqaviy shakllanishini turli aholi guruhlarida chuqurroq tadqiqotlarda o‘rganish, shuningdek uning rivojlanish mexanizmida xatar omillarining tutgan o‘rnini aniqlashga/ajratishga qaratilgan maqsadli ilmiy ishlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Bunday tadqiqotlar, avvalo, gipertenziv holatlarda kasallikning kelib chiqish omillarni keng tahlil qilish, uning erta bosqichida aniqlanishida ko‘plab xatar omillarini preventiv-tashxisiy ahamiyatini isbotlab berish yoki umumiy va hududiy xatar omillar va gipertenziv holatlarning epidemiologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash kabi muhim tibbiy profilaktik va farmakoterapevtik yo‘nalishlarni qamrab oladi. Shu bilan birga, umumiy epidemiologik qonuniyatlar va xatar omillari asosida yangi mintaqaviy ahamiyatli va samarali preventiv tashxis usullarini joriy etish, gipertenziv holatlarni erta aniqlash va uning davolash/nazorat qilishda individual (hududiy) yondashuvlarni o‘zgartirib rivojlantirish borasidagi izlanishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba