Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SULFID TARKIBLI MAHSULOTLARNI KUYDIRISH JARAYONI BOSHQARISH TIZIMINING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Djalolitdin Paxritdinovich MuxitdinovToshkent davlat texnika universitetiSherzod Otaqulo‘g‘li AnnaqulovNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiHamidjon Allayoro‘g‘li RaximovNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Tadqiqotda sulfid tarkibli mahsulotlarni kuydirish jarayonini boshqarish tizimi har tomonlama tahlil qilingan. Ishda jarayonning fizik-kimyoviy jihatlari, shu jumladan haroratni me’yorida ushlab turish, kislorod miqdorini boshqarish va gaz oqimining barqarorligini ta’minlash masalalari o‘rganilgan. Kuydirish davomidagi asosiy kimyoviy reaksiyalar hamda issiqlik almashinuvi jarayonlari tahlil qilinib, energiya samaradorligini oshirish omillari aniqlangan. Chiqindi gazlar hajmini kamaytirish maqsadida matematik modellashtirish va boshqaruv parametrlarini optimallashtirish yondashuvlari ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqotda sulfid tarkibli mahsulotlarni kuydirish jarayonini boshqarish tizimi ilmiy manbalar hamda zamonaviy metallurgiya ishlab chiqarish tajribasi asosida tahlil qilindi. Mis, rux va temirning sulfidli rudalari o‘rganilib, ularning kuydirish jarayonidagi fizik-kimyoviy hamda issiqlik xususiyatlari tahlil etildi. Tadqiqotda nazariy tahlil, texnologik modellashtirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tamoyillarini o‘rganish usullari qo‘llanildi. Olingan natijalar jarayonning barqarorligi, energiya samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash imkonini berdi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida sulfidli rudalarni kuydirish jarayonini avtomatik boshqarish tizimi yordamida optimallashtirish imkoniyati isbotlandi. Fizik-kimyoviy tahlillar harorat va kislorod konsentratsiyasining reaksiya tezligiga ta’siri aniqladi. Issiqlik almashish tahlili pechdagi issiqlik yo‘qotishlarning 12–15% ni tashkil etishini ko‘rsatdi. PID rostlagich joriy etilgach, harorat tebranishi 81%, SO₂ o‘zgarishi 80% ga kamaydi. Energiya sarfi 15%, xomashyo sarfi esa 8% gacha qisqardi. Jarayon barqarorligi, energiya tejamkorligi va ekologik xavfsizlik sezilarli darajada yaxshilandi. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mavjud kuydirish tizimlarida issiqlik yo‘qotishlar, harorat barqarorligining yetarli emasligi va chiqindi gazlar tarkibini boshqarishdagi noaniqliklar jarayon samaradorligini pasaytiradi. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun issiqlik izolyatsiyasini takomillashtirish, energiya balansini optimallashtirish hamda boshqaruv tizimida adaptiv yoki noaniq mantiqli algoritmlarni qo‘llash tavsiya etiladi. SCADA tizimida prediktiv tahlil funksiyalarini joriy etish esa jarayonni oldindan boshqarish va energiya sarfini kamaytirish imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuvlar asosida kuydirish jarayoni yanada barqaror, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz tizimga aylanishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar