MILLIY MUSIQA MEROSI ASOSIDA OʻQUVCHILARDA MILLIY ONG VA MILLIY IDENTITETNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy musiqa merosi asosida oʻquvchilarda milliy ong va milliy identitetni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Milliy ong tushunchasining pedagogik va falsafiy talqini yoritilib, musiqa ta’limining ma’naviy-tarbiyaviy imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqotda milliy musiqa namunalarining shaxs ongiga ta’sir mexanizmlari ochib beriladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy identitetni mustahkamlashda musiqa ta’limining o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy, qiyosiy-tahliliy va pedagogik kuzatuv metodlaridan foydalanilgan. Natijalar milliy musiqa merosi o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarga hurmat va estetik didni shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Tadqiqot yakunida milliy musiqa asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan