OLIY TA’LIMDA INVESTITSION RISKLARNI BAHOLASHNING MUHIM SHARTLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Oliy ta’lim tizimida investitsiya risklarini baholash va boshqarish bugungi kunda ta’lim bozori dinamik rivojlanishining muhim talablaridan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida investitsiya loyihalarining samaradorligini va risk omillarini to‘g‘ri aniqlash hamda sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash investitsion jarayonlarni chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Mazkur tezisda oliy ta’lim tizimida investitsion risklarni baholashning asosiy shartlari yoritilib, risklarni baholashga oid ilmiy-nazariy yondashuvlar tahlil qilingan. Xulosa sifatida investitsion risklarni baholash jarayonida nafaqat moliyaviy va statistik tahlil usullarining, balki sifat ko‘rsatkichlarini baholashning ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.
Hali tarjima qilinmagan