Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

NOKONDITSION FOSFORITLAR VA OQOVA SUVLAR CHO‘KINDILARI ASOSIDA ORGANIK-MINERAL O‘G‘ITLAR OLISH

Umida Xusanqizi MuxammatovaNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiO‘ktam Shavkatovich TemirovNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiSan’at Shuxrat o‘g‘li SharipovNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiNargisa Baxriddinovna TaxirovaNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda nokonditsion fosforit minerallashgan massasi va kanalizatsiya oqova suvlarini biokimyoviy tozalash inshootlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlar cho‘kindilari (OSCh) asosida organik-mineral o‘g‘itlar olish imkoniyatlari o‘rganildi. Fosforit va OSCh 90:10 dan 30:70 gacha bo‘lgan og‘irlik nisbatlarida aralashtirilib, 30 % li sulfat kislotasi bilan kalsiy oksidiga nisbatan 50–90 % stixiometrik me’yorlarda kimyoviy ishlov berildi. Ishlov natijasida hosil bo‘lgan bo‘tqalar suyuq va qattiq fazalarga ajratilib, ularning tarkibidagi umumiy P₂O₅, organik moddalar, gumin va fulvo kislotalar miqdori tahlil qilindi. Olingan natijalar fosforit ulushi yuqori bo‘lgan namunalarda fosfor miqdori ortishi, OSCh ulushi oshirilganda esa organik moddalar, ayniqsa suyuq faza tarkibidagi fulvo kislotalar miqdorining sezilarli ko‘payishini ko‘rsatdi. Sulfat kislotasi me’yorining oshirilishi fosforning suyuq fazaga o‘tishini va organik moddalar bilan barqaror komplekslar hosil qilishini ta’minladi. Tadqiqot natijasida fulvo kislotalarga boy tez ta’sir etuvchi suyuq o‘g‘it hamda gumin kislotalar ustun bo‘lgan uzoq ta’sir etuvchi qattiq organik-mineral o‘g‘it olish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar