Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Bo‘lajak shifokorlarda shoshilinch travmatologik holatlarda erta triaj qilish va klinik qaror qabul qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi

Azizjon XolmatovMustaqil tadqiqotchi, Andijon davlat tibbiyot instituti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak shifokorlarda shoshilinch travmatologik holatlarda erta triaj qilish va klinik qaror qabul qilish kompetensiyasini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi o‘rganilgan. Tadqiqot zamonaviy tibbiy ta’lim sharoitida simulyatsion pedagogika, muammoga asoslangan o‘qitish, klinik vaziyatlar (case-study) va sun’iy intellekt elementlariga asoslangan raqamli o‘qitish texnologiyalarini integratsiya qilish imkoniyatlarini tahlil etishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida shoshilinch travmatologik holatlarda bemorlarni saralash, ularning og‘irlik darajasini aniqlash va tezkor klinik qaror qabul qilish jarayonini o‘rgatish uchun raqamli simulyatsiya platformalari hamda klinik qaror qo‘llab-quvvatlash tizimlaridan foydalanildi. Olingan natijalar raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarning klinik fikrlash, diagnostik tahlil etishhamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari tibbiy ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali bo‘lajak shifokorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba