TIL O’RGANISH JARAYONIDA GAPIRISH KO‘NIKMASI SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGIK OMILLAR O‘RNI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada ingliz tilini o’rganish jarayonining bir bo’limi ya’ni gapirish ko’nikmasida o’ziga ishonch bilan erkin gapira olmaslik omillar har tomonlama tahlil qilingan. Xato qilishdan qo‘rquv, til tashvishi, past o‘z-o‘zini baholash, perfeksionizm va madaniy-ijtimoiy bosimlar kabi omillarning nutq faoliyatiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, muammoning asosiy sabablari izohlab berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yechimlar — xavfsiz ta’lim muhiti yaratish, kichik guruhli muloqot, bosqichma-bosqich rivojlantirilgan nutq mashqlari va motivatsiyani oshirish kabi metodlar taklif etilgan. Maqola o‘qituvchilar va til o‘rganuvchilar uchun psixologik to‘siqlarni anglash va ularni samarali yengish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.