Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga doir xalqaro tajribalar

Дилафруз СаримсаковаPedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga doir xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Finlandiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ukraina, Rossiya va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar, modellar va metodikalar yoritilgan. Xususan, action research, exploratory practice, exploratory action research, reflective self-study, reflective practice, lesson study, collaborative school-based action research hamda Capstone Project kabi yondashuvlarning bo‘lajak o‘qituvchilarda reflektiv fikrlash, tahliliy yondashuv, kasbiy o‘zlikni anglash va ilmiy-amaliy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida mentorlik, maktab amaliyoti, ilmiy rahbarlik, mustaqil izlanish va ilmiy muloqot muhim omil sifatida talqin etilgan. O‘rganilgan xorijiy yondashuvlar bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishda kompleks, o‘zaro integratsiyalashgan hamda bir-birini boyituvchi metodik asos sifatida namoyon bo‘ldi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba