ISLOMIY MOLIYA PRINSIPLARI VA ULARNI QO‘LLASHNING NAZARIYHUQUQIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekiston moliya bozorini diversifikatsiya qilish, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasini oshirish hamda xalqaro islomiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida islomiy moliya prinsiplarini bank-moliya tizimiga joriy etish masalalari tadqiq etildi. Tadqiqot doirasida amaldagi bank qonunchiligi va Soliq kodeksida islomiy moliyaga xos munosabatlarni (murobaha, mushoraka, mudaraba) amalga oshirishda yuzaga kelayotgan huquqiy va me’yoriy to‘siqlar tahlil qilindi. Shuningdek, mazkur to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan fiskal va institutsional mexanizmlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. O‘zbekistonda islomiy moliya institutlari faoliyatini tashkil etish uchun maxsus huquqiy me’yorlarni ishlab chiqishda Malayziya tajribasini o‘rganish asosida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi etildi
Hali tarjima qilinmagan