XVI – XIX ASRLAR XIVA XONLIGI ETNO- SIYOSIY TARIXI MUOMMOLARI (ETNOLOGIK TADQIQOTLAR ASOSIDA)
2026uz
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada XVI–XIX asrlarda Xiva xonligining etnosiyosiy tarixi yuzasidan bahsli masalalar etnologik yondashuv nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Xonlik siyosiy tuzilmasi qabilaviy munosabatlar, sug‘orilma voha xo‘jaligi va mintaqaviy savdo yo‘llari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani sababli etnik jarayonlarni faqat sulolaviy almashinishlar orqali izohlash yetarli emas. Etnologik tadqiqotlar, ya’ni genealogik rivoyatlar, urug‘-qabila xotirasi, toponimika, turmush tarzi, ko‘chmanchi va o‘troq guruhlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, nikoh va ittifoq mexanizmlarini o‘rganish siyosiy voqealarning ichki mantiqini chuqurroq ochishga yordam beradi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba