PIROLIZ DISTILLYATINI GIDRIRLASH JARAYONIGA REJIM PARAMETRLARI TA’SIRINI O‘RGANISH VA MATERIAL BALANSINI HISOBLASH
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Mazkur maqolada piroliz distillyatini avtoklavda gidrirlash jarayoni bo‘yicha tadqiqot natijalari, gidrogenizatsiya jarayonining moddiy balansi keltirilgan. Eksperimentda “Uz-Kor Gas Chemical” korxonasidan olingan piroliz distillyati, palladiy katalizatori hamda avtoklav uskunalari ishlatilgan. Piroliz distillyatining katalitik qayta ishlanishini o‘rganish uchun tajriba qurilmasi yig‘ildi. Uning tarkibiga avtoklav, karkas, elektroprivod, transformator, termoelektrik isitgich, vodorod ballonlari va nazorat-o‘lchov asboblari kiradi. Piroliz distillyatini gidrirlashning optimal texnologik rejimlari aniqlandi: harorat – 150 °C, vodorod bosimi – 3 MPa; gaz fazasidagi vodorod konsentratsiyasi 75 % (hajmiy) bo‘lgan sharoitda vodorod saqlovchi gaz aylanishi – 200 nm³/m³ xomashyo. Gidrogenizatning element analizi, gaz-xromatografiya, massa-spektrometriya va IK-spektral tahlillar o‘tkazildi. Natijada azot miqdori 7,4 % (mass.) dan 0,04 % (mass.)gacha, oltingugurt miqdori esa 9,24 % (mass.)dan 0,05 % (mass.) gacha kamaydi. GXM-spektrlar to‘yinmagan bog‘larning to‘yinganligi va aromatik halqalar sonining kamayganini ko‘rsatdi. Gidrirlash natijasida piroliz distillyati tarkibidagi alkanlar 36,7 %, aromatik birikmalar 50,7 %ga kamayadi.
Hali tarjima qilinmagan