3D/4D ULTRATOVUSH VA FETAL MRT: HOMILADORLIKDAGI ANOMALIYALARNI ANIQLASHDA YANGI IMKONIYATLAR
Annotatsiya
Homiladorlik davrida tug'ma ano'maliyalarni erta va aniq aniqlash akusherlik va neonatologiyada eng dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. Ushbu maqola 2024-2026 yillarda chop etilgan so'nggi tadqiqotlarni tahlil qilib, 3D/4D ultratovush va fetal magnit-rezonans tomografiyasining (MRT) diagnostik samaradorligini solishtiradi. 3D/4D ultratovush real vaqtda yurak nuqsonlari, yuz ifodalari va fetal o'sish holatini baholashda 85-92% aniqlikka ega bo'lib, sun'iy intellekt yordamida miya rivojlanishini prognozlashda muhim natijalar bermoqda. Fetal MRT esa, ayniqsa markaziy nerv sistemasi anomaliyalarida 19-25% qo'shimcha diagnostik ma'lumot taqdim etib, 3T gacha xavfsizligini isbotlagan.
Hali tarjima qilinmagan