Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ENDOFIT ACHITQILARNING TURLI STRESS SHAROITLARIGA MOSLASHISH XUSUSIYATLARI

Dildora ShodiyevaO‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikroobiologiya instituti tayanch doktorantiLiliya AbdulmyanovaInstitute of Microbiology Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
2026
ABI

Annotatsiya

Endofit achitqilar o‘simlik ichki muhitida yashab, turli ekologik stress omillariga moslashgan mikroorganizmlar hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda o’simliklarning turli qismlaridan ajratib olingan endofit achitqi shtammlarining harorat, tuzlilik (NaCl) va pH omillariga moslashish xususiyatlari o‘rganildi. Shtammlarning 20 °C, 28 °C va 40 °C haroratlarda biomassa hosil qilish qobiliyati hamda NaCl ning 0–20% konsentratsiyalari va pH 3, 7 va 9 sharoitlarida o‘sish faolligi baholandi. Natijalar barcha shtammlar uchun 28 °C optimal harorat ekanligini ko‘rsatdi. Tuzlilik bo‘yicha 5–15% NaCl sharoitida o‘sish saqlangan bo‘lsa, 20% NaCl faqat ayrim shtammlar uchun bardoshli bo‘ldi. Neytral pH 7 da barcha shtammlar yaxshi o‘sish namoyon etdi, ayrim shtammlar esa ishqoriy muhitga ham moslashganligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar endofit achitqilarning ekologik moslashuvchanligini va ularning biotexnologik potensialini tasdiqlaydi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba