Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

REKREATIV TAMOYIL ASOSIDA TALABALARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Shaxnoza ToshovaTermiz Iqtisodiyot va servis universteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim”kafedrasi o‘qituvchisiTolib Avliyaqulov
2026en
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada rekreativ tamoyil asosida talabalarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Hozirgi davrda yoshlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, jumladan kamharakatlilik, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress va zararli odatlarning keng tarqalishi sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish zaruratini yanada oshirmoqda. Shu nuqtai nazardan, maqolada rekreativ faoliyatning mohiyati, uning pedagogik ahamiyati hamda talabalarning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni atroflicha tahlil qilinadi.Tadqiqot davomida rekreativ tamoyilning talabalarda sog‘lom turmush tarziga oid ijobiy munosabatni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. Xususan, sport o‘yinlari, sayrlar, turizm, jamoaviy musobaqalar va boshqa hordiq chiqarishga qaratilgan faoliyatlar orqali talabalarning jismoniy faolligi oshishi, psixologik holati yaxshilanishi va stress darajasining kamayishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, rekreativ yondashuvning ixtiyoriylik va qiziqarli faoliyatga asoslanishi sababli talabalarning ushbu jarayonga faol jalb qilinishi ta’minlanishi ta’kidlanadi.Maqolada ta’lim muassasalarida rekreativ faoliyatni samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar, pedagogik muhit va o‘qituvchining yo‘naltiruvchi roli ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari rekreativ tamoyil asosida tashkil etilgan faoliyatlar talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba