Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SUV MUHITIDA NIKEL NAMUNASINI LAZER ABLATSIYASI NATIJASIDA HOSIL BO‘LGAN MAHSULOTLARNING FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI

Baltoxodja UMIRZAKOVTDTU, “Umumiy fizika” kafedrasi professoriАнна АнисовичAkbarjon AbduvayitovTashkent State Technical University named after Islam KarimovXurshid BOLTAYEVTDTU, “Umumiy fizika” kafedrasi dotsentiGanjimurod ShirinovTDTU, “Radiotexnik qurilmalar va tizimlar” kafedrasi dotsenti
2026
ABI

Annotatsiya

Nikel nishoni bilan lazer nurlanishining o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan nikel nanozarrachalarining sirt morfologiyasi tadqiq qilindi. Tajribalarda to‘lqin uzunligi 1064 nm bo‘lgan alyuminiy-ittriy granatali (LS-2134D) lazer qo‘llanildi. Lazer ikki impulslirejimda ishlatildi (impulslar orasidagi vaqt oralig‘i 3 μs, impuls davomiyligi 10 ns, impulslar takrorlanish chastotasi 10 Hz, yakka impuls energiyasi taxminan 0,05 J). Lazer ablyatsiyasi natijasida parallelogramma shaklidagi nanozarrachalar hosil bo‘lishi aniqlandi (zarrachalar uzunligi 0,2-0,4 μm oralig‘ida o‘zgaradi). Kolloid eritmada plazmon rezonansi o‘rganildi. Ablyatsiyajarayoni va nikel nanozarrachalarini sintez qilishni nazorat qilish imkoniyati namoyish etildi hamda turli sohalarda qo‘llash uchun samarali nanozarrachalar generatsiyasiga erishildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba