PD VA NI BILAN MODIFIKATSIYALANGAN UGLERODLI NANOTRUBKALARDA VODOROD ADSORBSIYASI: MD TAHLIL
Litsenziya: cc-by-nc-sa
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda (8,0) indeksli bir qavatli uglerod nanotrubkalarning (BQUNT) ichki qismiga turli miqdorda (n = 0, 1, 4, 10, 18)nikel (Ni) va palladiy (Pd) atomlari joylashtirilgan holatda vodorodning fizik adsorbsiyasi molekulyar dinamika usulida tahlilqilindi. ReaxFF kuch maydonidan foydalangan holda olib borilgan hisoblashlar natijasida aniqlanishicha, o‘rtacha metalatomlarining kiritilishi (4 va 10 atom) holatlarida vodorodni saqlash samaradorligi sezilarli darajada ortadi. Ni kiritilgan tizimlarPd ga nisbatan yuqoriroq gravimetrik zichlik (maksimal 3,18 wt.%) va kuchliroq elektron o‘zaro ta’sirlarni namoyon etdi.Shuningdek, metal atomlarining yanada ko’proq kiritilishi (18 atom) adsorbsiyani kamaytiruvchi sterik to‘siqlar hosil qilishimumkinligi ko‘rsatildi. Natijalar BQUNT asosidagi metall-kiritilgan nanomateriallarning vodorod energetikasida istiqbolli ekanini tasdiqlaydi.
Hali tarjima qilinmagan