Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TASHQI YUZASI SUV BILAN SOVITILUVCHI QUYOSH FOTOELEKTRIK MODULIDA ISSIQLIK ALMASHXUV JARAYONLARINI SONLI MODELLASHTIRISH

Umidjon IbragimovQarshi davlat texnika universitetiFaxridin Taxirovich XolmatovQarshi davlat texnika universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Quyosh fotoelektr modullarining elektr samaradorligi modul yuzasi haroratiga bevosita bog‘liq bo‘lib, haroratning oshishi elektr quvvati ishlab chiqarishning kamayishiga olib keladi. Shu sababli fotoelektr modullarini suv bilan sovitish orqali issiqlik almashinuvini kuchaytirish dolzarb ilmiy va amaliy masalalardan biri hisoblanadi. Materiallar va usullar Tadqiqotda tashqi yuzasi suv bilan sovitiladigan quyosh fotoelektr moduli uchun issiqlik almashinuv jarayonlarini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqildi. Model energiya balansi tenglamalariga asoslanib tuzildi hamda issiqlik uzatish jarayonlarini baholash uchun sonli modellashtirish usullari qo‘llanildi. Natijalar Hisoblash natijalari shuni ko‘rsatdiki, suv sarfi 0,01–0,05 kg/s gacha oshirilganda sovituvchi suv harorati 5–8 °C ga kamayadi va modul harorati 40–60 soniya ichida barqarorlashadi. Suv sarfi 0,005 kg/s dan 0,02 kg/s gacha oshirilganda fotoelektr modulining elektr samaradorligi 2,0–2,5 % ga ortishi aniqlandi. Xulosa Quyosh fotoelektr modullarini suv bilan sovitish modul haroratini samarali pasaytiradi va elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuv fotoelektr stansiyalarining energetik samaradorligini oshirish hamda ularning ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash uchun istiqbolli yechim hisoblanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar