Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

CHASTOTAVIY BOSHQARILUVCHI ASINXRON ELEKTR YURITMALARNING ASIMMETRIK REJIMDA MEXANIK O‘TISH JARAYONLARINI TADQIQ QILISH

Abdulatif ShavazovO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Energetika muammolari institutiXurshid Musajanovich Eshqo‘ziyevO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Energetika muammolari institutiAzizbek Botirovich ImomnazarovO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Energetika muammolari institutiBobur B TuxtayevQarshi davlat texnika universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada chastotaviy boshqariladigan asinxron elektr yuritmaning assimmetrik rejimlardagi mexanik o‘tish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot elektr ta’minotidagi kuchlanish assimmetriyasi sharoitida asinxron dvigatellarning dinamik xususiyatlarini baholash va ularning boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan. Materiallar va usullar Tadqiqotda chastotaning vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonunlari hamda asinxron dvigatel validagi yuklama xususiyatlari hisobga olingan matematik model qo‘llanildi. Murakkab differensial tenglamalar tizimini yechishda grafoanalitik usuldan foydalanildi, bu esa ko‘p sonli o‘zgaruvchilar va noma’lum parametrlar mavjud bo‘lgan holatlarda o‘tish jarayonlarini samarali tahlil qilish imkonini berdi. Natijalar Natijalar asinxron dvigatel aylanuvchi magnit maydonining tezlashuvi va sekinlashuvi, shuningdek sirpanishning vaqt va chastotaga bog‘liq ravishda turli kuchlanish assimmetriyasi darajalarida o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash imkonini berdi. Ushbu qonuniyatlar chastotaviy boshqariladigan elektr yuritmalarni amaliyotga joriy etishda muhim omil bo‘lib, avtomatik boshqaruv tizimlariga qo‘yiladigan talablarni shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa Tadqiqot natijalari chastotaviy boshqariladigan asinxron elektr yuritmalar assimmetrik rejimlarda ham samarali ishlashini, biroq ularning mexanik o‘tish jarayonlari elektr ta’minotidagi kuchlanish o‘zgarishlariga sezgir ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli elektr ta’minoti simmetriyasini ta’minlash, himoya funksiyalaridan foydalanish va matematik modellashtirish asosida o‘tish jarayonlarini oldindan baholash tizim ishonchliligi va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar