KOMBINATSIYALASHGAN BIOENERGETIK QURILMADAN MUQOBIL ENERGIYA OLISH SAMARADORLIGINI TADQIQOT QILISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Bugungi kunda an’anaviy yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va tejamkor foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilar hajmini kamaytirish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur tadqiqot namligi yuqori biomassa resurslaridan kompleks foydalanishga asoslangan kombinatsiyalashgan piroliz–biogaz qurilmasining samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. Materiallar va usullar Tadqiqotda namligi 90–92 % bo‘lgan biomassa resurslaridan kompleks foydalanishga asoslangan kombinatsiyalashgan bioenergetik qurilma o‘rganildi. 0,5 m³ hajmli bioreaktorga chorva va parranda chiqindilari yuklanib, quyosh kollektori yordamida termofil harorat rejimi ta’minlandi. Piroliz va anaerob parchalanish jarayonlarining energetik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijalar Tadqiqot natijalariga ko‘ra, termofil harorat rejimida biogaz hosil bo‘lish samaradorligi 10–15 % ga oshdi. 0,5 m³ hajmli piroliz reaktorida 100 kg yog‘och qirindisini termik qayta ishlash natijasida o‘rtacha 25–30 kg qattiq bioko‘mir, 45 kg suyuq bioyoqilg‘i va 30 kg piroliz gazi olindi. Hisob-kitoblar piroliz jarayonini amalga oshirish uchun bioreaktorda hosil bo‘lgan 5–6 m³ biogaz yetarli ekanligini ko‘rsatdi. Xulosa Kombinatsiyalashgan piroliz–biogaz qurilmasida energiya oqimlaridan kompleks foydalanish hisobiga piroliz jarayonida hosil bo‘lgan issiqlikni bioreaktorni isitishda qayta ishlatish mumkin. Taklif etilgan tizim energiya samaradorligini oshiradi, chiqindilarni kompleks qayta ishlashni ta’minlaydi va qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan