AGROFOTOELEKTRIK TIZIMLARNI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA QOʻLLASH ISTIQBOLLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonning quruq va yarim quruq iqlim sharoitlarida agrofotoelektrik (agrivoltaik) tizimlarini joriy etishning ilmiy-texnik asoslari va amaliy samaradorligi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda suv tanqisligi sharoitida yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi va qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishni integratsiyalash dolzarb muammo sifatida qaralgan. Tadqiqot jarayonida ilmiy adabiyotlar tahlili, xalqaro tajribalarni qiyosiy o‘rganish hamda O‘zbekiston sharoitidagi pilot agrofotoelektrik loyihalar natijalarini tahlil qilish metodlari qo‘llanildi. Shu asosda suv–energiya–oziq-ovqat (Water–Energy–Food Nexus) tizimidagi o‘zaro bog‘liqlik baholandi. Natijalarga ko‘ra, agrofotoelektrik tizimlar mikroiqlimni yaxshilashi, tuproq namligini saqlashi, bug‘lanishni kamaytirishi hamda ekinlar hosildorligini barqarorlashtirish bilan birga qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini berishi aniqlandi. Muhokama qismida esa ushbu texnologiyaning O‘zbekistonning cho‘l va voha hududlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va energetik barqarorlikni ta’minlashdagi istiqbollari asoslab berildi..
Hali tarjima qilinmagan