Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yer usti metropoliteni estakada tayanchlarining kuchlanganlik–deformatsiyalanganlik holatini sonli baholash

Ф.Э. АбдукадировToshkent davlat transport universitetiTemurbek XasanovToshkent davlat transport universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda yer usti metropoliteni estakadalarida qo‘llaniladigan monolit temirbeton tayanch ustunlarning kuchlanganlik–deformatsiyalanganlik holati yakuniy elementlar usuliga asoslangan ilg‘or uch o‘lchamli sonli baholash orqali o‘rganildi. Sonli modellashtirish ishlari LIRA-SAPR 2022 dasturiy majmuasida bajarilib, unda armatura turi (po‘lat, bazalt kompozit va kombinatsiyalashgan), kesim geometriyasi hamda beton sinfining konstruktiv samaradorlikka birgalikdagi ta’siri miqdoriy jihatdan baholandi. Tadqiqot natijalari chegaraviy ish holatida tayanch ustunning yakuniy bo‘ylama yuk ko‘tarish qobiliyati asosan betonning siqilish zonasidagi ish xususiyatlari bilan belgilanib, armatura turining ta’siri 1–2 % dan ortiq farq qilmasligini ko‘rsatdi[2]. Biroq deformativ javob armatura sxemasiga yuqori darajada sezgir bo‘lib, maksimal gorizontal ko‘chishlar 5–15 % oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi. Beton sinfining B25 dan B35 gacha oshirilishi tayanch ustunning fazoviy bikrligini 10–18 % ga oshirib, gorizontal ko‘chishlarni o‘rtacha 2–4 mm ga kamaytiradi. Ayniqsa, kombinatsiyalashgan armaturalash sxemalari yuk ko‘tarish qobiliyati va deformatsiya o‘rtasida eng maqbul muvozanatni ta’minlagani bilan ajralib turadi. Olingan natijalar material va geometrik parametrlarning rolini miqdoriy jihatdan ochib berib, yer usti metropoliteni estakada tayanchlarini konstruktiv optimallashtirish va samaradorlikka asoslangan loyihalash uchun ishonchli ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi[5].

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba