Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Gidrotexnika inshootlarida gidravlik zarba tufayli aeratsiyali oqimning ichki xajmi bo‘yicha tarqalishining nazariy yechimlari

S. RazzakovToshkent davlat transport universitetiAbdurasul MartazaevToshkent davlat transport universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada gidravlik zarba jarayonida suv chiqarish quvurlarida kavitatsiya hodisasining yuzaga kelishi, uning rivojlanish mexanizmlari hamda oqimning aeratsiyalangan holatga o‘tishi bilan bog‘liq fizik jarayonlar nazariy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gidravlik zarba ta’sirida quvurlarda, klapanlarda va boshqa gidrotexnika inshootlarida sezilarli darajada ortiqcha gidrodinamik yuklanishlar paydo bo‘lib, bu esa konstruktiv elementlarning tez ishdan chiqishi aniqlangan. Shuningdek, kavitatsiya va aeratsiya jarayonlari oqimning ichki tuzilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, suv oqimida gaz pufakchalari hosil bo‘lishi, bosimning keskin tebranishi hamda energiya almashinuvi jarayonlarining murakkablashishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan. Olingan natijalar asosida gidravlik zarba sharoitida aeratsiyalangan oqimning ichki hajmi bo‘yicha tarqalish qonuniyatlari matematik modellar yordamida ifodalangan va ularning fizik mazmuni tahlil qilingan. Tajriba va nazariy tahlillar davomida oqimning fizik-mexanik xususiyatlari, bosim impulslarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi hamda energiya so‘nish jarayonlari aniqlanib, ularning gidrotexnika inshootlari barqarorligiga ta’siri baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, gidravlik zarba sharoitida oqim strukturasining o‘zgarishi inshoot elementlarida abraziv yemirilish jarayonlarini kuchaytiradi va bu holat ularning xizmat muddatini sezilarli darajada qisqartiradi. Maqolada olingan ilmiy natijalar gidrotexnika inshootlarini loyihalashda xavfsizlik zaxiralarini to‘g‘ri belgilash, ekspluatatsiya jarayonida avariya holatlarini kamaytirish hamda energiya samaradorligini oshirish uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba