Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yo‘l transport hodisasini rasmiylash usullari tahlili

A. RaxmonovToshkent davlat transport universitetiErkinjon AbdusamatovToshkent davlat transport universitetiShamshir ShermatovToshkent davlat transport universitetiUtkir IsoxanovToshkent davlat transport universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada yo‘l-transport hodisalarini (YTH) rasmiylashtirish usullari tahlil qilinib, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Dunyoning rivojlangan davlatlari (Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya, Singapur, Xitoy va boshqalar) tajribasi asosida YTHni rasmiylashtirishda qo‘llanilayotgan Yevroprotokol, mobil ilovalar, elektron protokollar, dron texnologiyalari va intellektual transport tizimlari (ITS) o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amaldagi qonunchilik va amaliyot tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘nalishlari belgilangan. Maqola yakunida O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan bosqichma-bosqich avtomatlashtirish modeli (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bosqichlar) taklif etilgan. Taklif etilgan chora-tadbirlar YTHni rasmiylashtirish vaqtini 50–70 foizga qisqartirish, yo‘l tirbandliklarini kamaytirish va transport xavfsizligini oshirish imkonini beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba