Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yuk avtomobillaridan foydalanish samaradorligini oshirishda raqamlashtirishning o‘rni

Shaukat KhakimovToshkent davlat transport universitetiD. OdilovToshkent davlat transport universitetiUtkir IsoxanovToshkent davlat transport universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada yuk avtomobillaridan foydalanish jarayonini raqamlashtirish va kompyuter modellashtirish — jumladan, marshrutni optimallashtirish, simulyatsiya va bashoratli texnik xizmat ko'rsatish (predictive maintenance) — orqali erishiladigan iqtisodiy samaradorlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida "Avtogigant Dang'ara" MChJ balansidagi MAN TGS 19.400 (4×2) rusumli magistral tyagach olingan bo'lib, uning an'anaviy va raqamlashtirilgan (Bort axborot tizimi o'rnatilgan) boshqaruvidagi yoqilg'i sarfi, ehtiyot qismlar yemirilishi, rejasiz to'xtab qolish holatlari va umumiy operatsion xarajatlar real raqamlar, jadvallar va grafiklar yordamida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, raqamlashtirishning joriy etilishi yoqilg'i sarfini 15–18 foizga qisqartiradi, ehtiyot qismlar xizmat muddatini 30 foizdan ko'proqqa uzaytiradi va bitta avtomobil uchun yiliga 106 million so'mdan ziyod sof iqtisodiy samara beradi. Maqolada shuningdek raqamli egizak (digital twin) kontseptsiyasi, CAN-shina ma'lumotlari, GPS-telematika va bulutli modellashtirish texnologiyalarining transport sohasidagi amaliy imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba