Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Avtomobil yo‘l o‘tkazgichining nuqsonlari va shikastlanishlarini aniqlash va nome’yoriy yukni o‘tkazish uchun uning yuk ko‘tarish qobiliyatini baholash

M. MiralimovToshkent davlat transport universitetiIsmoil MengliyevToshkent davlat transport universitetiEldorjon MuminovToshkent davlat transport universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada A380 avtomobil yo‘lining 736+100 km qismida joylashgan yo‘l o‘tkazgichning texnik holati va undan me’yordan ortiq (nogabarit) yuklarni o‘tkazish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida inshoot to‘liq diagnostikadan o‘tkazilib, olingan natijalar asosida uning yuk ko‘tarish qobiliyati tahlil qilindi. Xususan, oraliq qurilmaning ko‘ndalang o‘rnatish koeffitsiyentlari (KO‘K) aniqlanib, alohida balkalarning holati batafsil o‘rganildi. Shuningdek, konstruksiyaning haqiqiy ishchi holatini baholash maqsadida zamonaviy hisob-kitob dasturlari yordamida matematik modellar yaratildi. Tadqiqot davomida aniqlangan nuqson va shikastlanishlarning inshoot mustahkamligiga ta’siri matematik usullarda asoslab berildi. Olingan natijalar asosida og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanish sxemasi bo‘yicha maxsus tavsiyalar ishlab chiqildi. Yo‘l o‘tkazgichning qoldiq resursini hisobga olgan holda nogabarit yuklarni xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha xulosalar berildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba