Sanoat chiqindilari asosidagi konstruksion gazobetonning texnologik xususiyatlarini tahlili
Annotatsiya
Maqolada gazobeton ishlab chiqarish texnologiyasining tarixiy rivoji, zamonaviy usullar va O‘zbekistonolimlarining ushbu sohadagi hissasi qisqacha yoritilgan bo’lib shu bilan birgalikda avtoklavli gazobetonningissiqlik izolyatsion xususiyatlari uning tarkibi, poroz tuzilishi va zichligi bilan bog‘liqligi nazariy jihatdantahlil qilingan. Tadqiqotda turli tarkibli gazobeton namunalari (standart, shlak va qumli chiqindilar qo‘shilganvariantlar) solishtirilgan, ularning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti (λ), zichligi (ρ) va mustahkamligianaliz qilingan. Natijalarga ko‘ra, sanoat chiqindilarini qo‘shish orqali gazobetonning issiqlik izolyatsionqobiliyati 12–15% yaxshilanganligi, ayniqsa shlak va qumli chiqindilarning kombinatsiyasi optimalko‘rsatkichlar bergan yoritilgan. Bundan tashqari, gazobetonning λ qiymati uning zichligiga chiziqli bog‘liqekanligi matematik model (λ = f(ρ)) orqali o‘z ifodasini topgan.
Hali tarjima qilinmagan