Toshkent Davlat Transport Universiteti
Annotatsiya
Iqlimiy o’zgarishlar qor qoplamining erish dinamikasiga va atmosfera yog‘inlari miqdori hamda shakliga o‘zta’sirini o‘tkazib, sel-suv toshqinlarining davriyligi va davomiyligi ortishiga sabab bo’lmoqda. Suvtoshqinlarining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, arid mintaqada joylashga respublikamizda sel-suv toshqinlarialohida o’rin tutadi. Sel-suv toshqinlari kelib chiqishida atmosfera yog‘inlari miqdori bilan birga hududningtopografik qiyofasi, tabiiy drenaj imkoniyatlari hamda hududdagi yerdan foydalanish holati muhim ro‘lo’ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining 12 foiz hududi sel-suv toshqinlari xavfi mavjud mintaqalarhisoblanadi. Maqolada sel-suv toshqinlarini tahlil qilish va potensial xavfli hududlarni aniqlashda sonlistatistik tahlil usullaridan foydalanildi. Respublikada so’ngi 10 yillikda foydalaniladigan umumiy suvresurslari miqdorida doimiy pasayish kuzatilmoqda. Suv resurslarining miqdoriy kamayishi fonida sel-suvtoshqinlari takroriyligining ortayotganligi aniqlandi. Tahlil natijalariga ko’ra RespublikamizningSurxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari sel-suv toshqini xavfi bo’yicha II va III toifaga kelganligi,sel-suv toshqinining ko‘p yillik o‘rtacha qaytarilishi 3 va undan yuqori ekanligi aniqlandi.
Hali tarjima qilinmagan