Oqova suv tizimlarida filtrlarni yuvish usullari va ularning samaradorligi
Annotatsiya
Sanoat korxonalarida oqava suvlarini tozalashda ishlatilayotgan filtrlar uzoq muddat davomida texnikqoidalarga amal qilinmasligi, ekspluatatsiya jarayonida to‘g‘ri foydalanilmasligi sababli ishlashga yaroqsizxolga kelib qolgan. Bunda asosan o‘rnatilgan filtrlarning o‘z vaqtida yuvilmasligi, almashtirilmasligi vatekshirilmasligi o‘rganildi. Mazkur maqolada yuklamali filtrlarni yuvishning samarali usulini echimi ko‘ribchiqildi. Tadqiqotning birinchi tajribasida filtrlar 15-20 ºS haroratli suv yordamida yuvilganda yuvish vaqti16-25 daqiqa (uzoq muddat)ni tashkil qildi. YUqoridagi muammoning echimi sifatda laboratoriya tajribalaridaharoratni oshirib borish usuli tanlandi. Bu usul natijasi shuni ko‘rsatadiki, harorati yuqori suvlarda filtryuklamalarida qolib ketgan neft-moy mahsulotlari va sirt faol moddalarni yuvishda judayam foydalihisoblanadi. Sababi yuqori haroratda neft-moy mahsulotlari va sirt faol moddalar erib filtr yuklamalarisirtlaridan ajraladi, natijada filtr yuklamalarni yuvilish koeffitsienti past haroratli suv bilan yuvilishkoeffitsientidan yuqori bo‘ladi. Maqolada qo‘lanilgan filtr yuklamalari uchun teskari oqim sharoitida yuvishsuvining haroratini oddiy suv harorati (15-20 ºS)dan yuqori bo‘lgan harorat (50-60 ºS)ga almashtirilgandafiltrlarni yuvish vaqti 3 barobarga qisqarishi isbotlandi.
Hali tarjima qilinmagan