Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yо‘lovchi poyezdlarida sayohat qilish jozibadorligini oshirish bо‘yicha innovatsion yechimlar

Dilmurod ButunovToshkent davlat transport universitetiDinara KengesbaevaToshkent davlat transport universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Uzoq masofaga qatnovchi yо‘lovchi poyezdlarida sayohat qilish davrida yo‘lovchilar zerikishlarini oldini olish maqsadida innovatsion yechimlar berishdan iborat. Maqsadga erishish uchun tizimli tahlil usulidan foydalandi. Bunda dunyo bo‘yicha eng uzun marshrut yo‘nalishiga ega bo‘lgan temir yo‘l qatnovlari va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati temir yo‘llarida uzoq masofaga qatnovchi “Toshkent-Qo‘ng‘irot” poyezdida sayohat qilish holati o‘rganildi. Natijada ushbu poyezdda safar qilish davomida yo‘lovchilar duch keladigan ayrim noqulayliklar aniqlandi. Aniqlangan noqulayliklarni bartaraf etish bo‘yicha innovatsion g‘oya, ya’ni yo‘lovchi vagonlarida mobil kutubxonalarni barpo etish taklif etildi. Ushbu innovatsion taklif yo‘lovchilarning safar davomida samarasiz vaqt yo‘qotishlarini minimallashtish va zerikishlarini kamaytirish imkoniyatlarni yaratadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba