FERMER XO’JALIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING RAQAMLI MARKETING MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda raqamli marketing mexanizmlarining o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda mavjud muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda agrar tarmoqni raqamlashtirish, elektron savdo platformalaridan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, CRM tizimlari, mobil ilovalar va raqamli kommunikatsiya vositalarining fermer xo‘jaliklari faoliyatidagi ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda agrar sohani modernizatsiya qilishga qaratilgan davlat dasturlari asosida fermer xo‘jaliklarining marketing faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari aniqlangan. Maqolada Qashqadaryo viloyati fermer xo‘jaliklarida raqamli marketing mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan