Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

INNOVATSION STRATEGIYALARNI AMALGA OSHIRISHNING XORIJ TAJRIBASI VA UNDAN MILLIY IQTISODIYOTDA FOYDALANISH YО‘NALISHLARI

Yusupov Saidvali ShukrullayevichAlfraganus Universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omili sifatida innovatsion strategiyalarni amalga oshirishning xorij tajribasi tizimli ravishda tahlil qilingan. Rivojlangan davlatlar – AQSh, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning faol aralashuv, markazlashmagan boshqaruv va aralash (gibrid) strategiyalari, shuningdek, ilmiy-innovatsion rivojlanishning uchta asosiy modeli qiyosiy jihatdan о‘rganilgan. Innovatsion jarayonlarni tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri hamda bilvosita ta’sir kо‘rsatish vositalari, texnologiyalar transferi mexanizmlari va ularning iqtisodiy samaradorligi tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari asosida О‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnikaviy salohiyatdan samarali foydalanish, texnologiyalar transferi milliy markazini tashkil etish, innovatsion infratuzilmani shakllantirish hamda innovatsion faoliyatni huquqiy rag‘batlantirish bо‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar