MICE TURISTIK ERKIN ZONASI (TEZ-MICE) KONTSEPTSIYASINI RIVOJLANTIRISH VA TRANZIT SAYYOHLARNI BIZNES ISTE’MOLCHIGA AYLANTIRISH MEXANIZMI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada tranzit yo‘lovchilar oqimini ishbilarmonlik tadbirlari turizmi (MICE) iste’moliga aylantirishning institutsional mexanizmi asoslangan. Turizm sohasida ilgari surilgan tranzit-konversiya g‘oyasi ishbilarmonlik segmentiga moslashtirilib, aeroport tuguniga tutash hududda maxsus huquqiy rejim, kongress-infratuzilma, qisqa formatli stopover-mahsulotlar va yagona raqamli platformani birlashtiruvchi MICE turistik erkin zonasi (TEZ-MICE) kontseptsiyasi taklif etilgan. Konversiya jarayoni to‘rt bosqichli voronka ko‘rinishida modellashtirilgan: tranzit yo‘lovchi – stopover-ishtirokchi – qaytuvchi delegat – tadbir buyurtmachisi. Xalqaro aviatugunlarning stopover-dasturlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning MICE yo‘nalishidagi bo‘shlig‘i aniqlangan. Parametrik hisob-kitob har 100 ming tranzit yo‘lovchiga nisbatan konversiyaning ehtiyotkor, bazaviy va faol ssenariylarida kutilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha tushumlarni baholaydi. Kontseptsiyani joriy etishning huquqiy, infratuzilmaviy va tashkiliy shartlari hamda bosqichli tartibi asoslab berilgan.
Hali tarjima qilinmagan