Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QASHQADARYO VILOYATIDA YASHIL IQTISODIY SEKTORLARNING RIVOJLANISH DARAJASI VA EKOLOGIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLAR TAHLILI

Mohigul Mansur qizi UsmonovaQarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti
2026
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotga oʻtish barqaror rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi boʻlib, bu jarayon Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi UP–16-son Farmoni asosida yanada jadallashdi. Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjaligi, sanoat salohiyati va quyosh energiyasi resurslari bilan yashil transformatsiya uchun katta imkoniyatlarga ega. 2025-yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,8 foizga, sanoat ishlab chiqarishi 7,2 foizga, qurilish ishlari 10,8 foizga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 4,3 foizga oʻsdi. Aholi soni 3,72 million kishiga, faoliyat yuritayotgan korxonalar soni esa 30,4 mingdan oshdi. Tadqiqotda viloyatda qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish, barqaror qishloq xoʻjaligi, sanoatni modernizatsiya qilish, resurslardan samarali foydalanish va ekologik koʻrsatkichlar asosida yashil iqtisodiyotning rivojlanish darajasi baholanadi. Shuningdek, iqtisodiy oʻsish va ekologik barqarorlik oʻrtasidagi bogʻliqlik tahlil qilinib, yashil transformatsiyani jadallashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar