Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KO‘MAKCHI FE’LLARNING SINTAKTIKLASHUVI: ASPEKT VA MODAL MA’NO HAMDA KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAGI AHAMIYATI

M ZiyadullayevaSamarqand davlat chet tillari instituti
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan “qolmoq”, “ketmoq”, “qo‘ymoq”, “bermoq” ko‘makchi fe’llarining sintaktiklashuv jarayoni aspekt hamda modal ma’no ifodalash doirasida badiiy va publitsistik matnlar asosida tahlil etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi mazkur birliklarning murakkab predikat hosil qilishdagi yuqori mahsuldorligi hamda nutqda harakatning yakunlanganligi, kutilmaganligi, davomiyligi, intensivligi va natijaviyligini ifodalashdagi funksional imkoniyatlari bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi ko‘makchi fe’llarning grammatiklashuv darajasini aniqlash, ularning semantik-funksional yuklamasini ochib berish hamda diskursdagi pragmatik vazifasini yoritishdan iborat. Manba sifatida Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani hamda Gazeta.uz sayti materiallaridan foydalanildi. Tahlilda deskriptiv, komponent, transformatsion hamda kontekstual tahlil usullari qo‘llandi. Natijalar ko‘makchi fe’llar o‘zbek tilida aspekt va modal ma’no ifodalashning mahsuldor analitik mexanizm ekanini, badiiy matnda ekspressivlikni, publitsistik matnda esa informativlikni kuchaytirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalari murakkab predikatlar tabiati hamda ularning nutqiy vazifasini yoritishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar