Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

4,4′-METILENDIFENILDIIZOSIYANAT ASOSIDAGI POLIURETANLARNING QOVUSHQOQLIK XOSSALARI VA MAKROMOLEKULYAR TAVSIFLARINI VISKOZIMETRIK USULDA TADQIQ ETISH

Asliddin Faxriddino'g'li ShodievNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiBahodir Fahriddinovich MuhiddinovNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiShoxruh To‘lqinovich Jo‘rayevNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiRavshan Qahramonovich ShokirovNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 4,4′-metilendifenildiizosianat asosidagi poliuretanlarning qovushqoqlik xossalari va makromolekulyar tavsiflari viskozimetrik usul yordamida tadqiq etilgan. 4,4′-metilendifenildiizosianatning 1,2-dixloretandagi 0,125; 0,25; 0,50 va 1,0% konsentratsiyali eritmalari tayyorlanib, ularning nisbiy, solishtirma, keltirilgan, logarifmik va xarakteristik qovushqoqliklari aniqlangan. Olingan ma’lumotlar Mark–Kun–Xauvink–Sakurada tenglamasi asosida qayta ishlanib, qovushqoqlik bo‘yicha o‘rtacha molekulyar massa hisoblangan. Tadqiqot natijalari eritma konsentratsiyasining ortishi bilan keltirilgan qovushqoqlik qiymatlari oshishini ko‘rsatdi. Shuningdek, erituvchi tabiati va konsentratsiyaning makromolekulalarning gidrodinamik hajmi, konformatsion holati va molekulalararo o‘zaro ta’sirlariga ta’siri baholandi. Olingan natijalar poliuretan sintezi texnologik sharoitlarini optimallashtirish va yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega polimer materiallarni olish uchun ilmiy asos yaratadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar